“Kitoblarning sehrli olami”

O‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehrini uyg‘otish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida joriy yilning 27 iyun kuni viloyat bolalar kutubxonasida Farg‘ona shahar 5-22-umumta’lim maktablaridagi «Kamalak» hamda yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarining 2-6 sinf 👫106 nafar o‘quvchilari ishtirokida “Kitob mening do‘stimsan” mavzusida kitobxonlik kechasi tashkil etildi. Kitobxonlik kechasida bolalar bilan kitoblar haqida suhbatlar olib borildi. Suhbat davomida kitob o‘qish madaniyatini shakllanitirish hamda uni ommalashtirish har bir jamiyat uchun dolzarb masalaga aylangani, kitob inson tafakkuri, ma’naviyati va madaniyatining oynasi ekanligi hamda yoshlarni kitobga oshno etish, ularni mutolaa orqali fikrlaydigan, tahlil qiladigan, izlanadigan shaxs sifatida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi.
❄️ Tadbirda viloyat bolalar kutubxonasining har bir bo‘limlari tomonidan “Kitoblarning sehrli olami”, “Bugunning kitoblari”, “Kitob javonining yangi mehmonlari” mavzusida tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari va turli hil «Xo‘rozlar jangi», «Doira ichida», “Shaxmat- va shashka”, “Kim birinchi zanjir yasash” kabi qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Bundan tashqari o‘quvchilar tomonidan kitob haqida she’rlar, hikoyalar ifodali o‘qib berildi va kitoblar mavzusida savol-javoblar va viktorina o‘yinlari, multfilm namoyishlari ham o‘tkazildi. Tadbirda faol qatnashgan bolajonlarga viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *