«Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida
8 iyul kuni viloyat bolalar kutubxonasida Farg‘ona shahar 15-umumta’lim maktabi yozgi sog‘lomlashtirish markazining 6-sinf 25 nafar o‘quvchilari ishtirokida “Ona vatanim- oltin tuprog‘im” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda o‘quvchilar rasm orqali o‘z yurtiga bo‘lgan mehrini, o‘ziga xos tabiat manzaralar, shahar va qishloqlar tarixiy obidalarni tasvirladilar. Har bir ishtirokchi chizgan rasmlarini ta’riflab berdilar. Eng chiroyli chizgan o‘quvchilar viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Jumladan, umumta’lim maktablarida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlaridagi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish maqsadida viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan «Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida Toshlok tumani 15-umumta’lim maktabining 1-2-3-4-5-6-sinf 90 nafardan ziyod o‘quvchilari ishtirokida «Bolalar bizning quvonchimiz» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda bolajonlar uchun qiziqarli o‘yinlar jumladan, “Bilimdonlar bellashuvi”, «Birga kitob o‘kiymiz», «Topgan topalok”, viktorina o‘yinlari va “Kim chakkon?”, «Tennis», «Shaxmat shashka» musobaqalari o‘tkazildi. Faol qatnashgan o‘quvchilar uchun viloyat bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
