“Kamalak” yozgi sog‘lomlashtirish markazi

Joriy yilning 7 iyul kuni viloyat bolalar kutubxonasida Farg‘ona shahar 5-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Kamalak” yozgi sog‘lomlashtirish markazining 2-6-sinf 55 nafar o‘quvchilari ishtirokida “Ajoyib kitoblar safarga chorlaydi” mavzusida kutubxona kitoblari bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Sayohatdan so‘ng yangi kitoblar bo‘yicha “Buktreyler” namoyish etildi. So‘ngra, o‘quvchilar ishtirokida “Ajoyib kitob”, “Birga o‘qiymiz”, “Kaftimda olam” nomli qiziqarli mantiqiy o‘yinlar o‘tkazildi.

Xuddi shunday tadbirlar Rishton tumani 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yozgi sog‘lomlashtirish markazida 32 nafar o‘quvchilar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida “Men sevgan asar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib «, “Qovunlar mamlakati” asarlari yuzasidan savol-javoblar, viktorina o‘yinlari tashkil etildi hamda asar yuzasidan videorolik namoyish etildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *