O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2️⃣0️⃣2️⃣6️⃣-yil 1️⃣5️⃣-yanvar kuni “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning, 2️⃣0️⃣-fevral sanasida📕 Viloyat bolalar kutubxonasiga Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filiali “Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari” yo‘nalishi “2️⃣-guruh” malaka oshirish kursi tinglovchilari tashrif buyurishdi.
☘️Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad tinglovchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda jismoniy tarbiya sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning 📖mutolaa madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. 👧Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan kitob fondi, elektron resurslar, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari hamda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. ➡️Shuningdek, sport, sog‘lom turmush tarzi, pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlar📚 ko‘rgazmasi tashkil etilib, tinglovchilar uchun tavsiya etiladigan yangi nashrlar taqdim qilindi. Uchrashuv jarayonida tinglovchilar tomonidan qiziqarli savollar berilib, o‘zaro muloqot va tajriba almashish muhiti yaratildi. Tashrif yakunida ishtirokchilar kutubxonaga 🤩 a’zo bo‘lib, o‘zlari uchun zarur bo‘lgan adabiyotlarni tanlab oldilar. ➡️Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutaxassislarning kasbiy va ma’naviy saviyasini yanada oshirish hamda Prezidentimiz qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *