Respublika «Kitobxonlik va Kibersavodxonlik” festivali o’tkazildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 8-iyundagi “Kitobxonlik festivali”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 01/02-424-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2026 yil 1 iyuldagi 219-son, Viloyat “Kelajak” markazining 16-son, Viloyat bolalar kutubxonasining 51-sonli qo‘shma buyrug‘iga ishlab chiqildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat “Kelajak” markazi, viloyat “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” hamda “Farg‘ona viloyat bolalar kutubxonasi” bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida joriy yilning 14-24-iyul kunlari “Kitobxonlik va Kibersavodxonlik” festivalining hududiy bosqichlari tuman, (shahar) “Kelajak” markazlarida tashkil etildi. Tanlovlarga jami 25 ming nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olinib, nafaqat kitob mutolaasi, balki zamonaviy bilimlar, axborot texnologiyalari va ijodiy qobiliyatlari bo‘yicha ham o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etdilar.
Festivalning viloyat bosqichi 27 iyul kuni Marg‘ilon shahar “Kelajak” markazida o‘tkazildi. Festivalda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi D.Aminov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutaxassisi G.Qo‘chqorova, viloyat bolalar kutubxonasi jamoasi, tuman, (shahar)dan tashrif buyurgan tanlov ishtirokchilari qatnashdilar.
Festival doirasida 5-ta yo‘nalish bo‘yicha quyidagi ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi va g‘oliblar aniqlandi:
“Eng kitobxon maktab” tanlovi
1-o‘rin Furqat tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi
2-o‘rin Uchko‘prik tumani 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi
3-o‘rin Bag»dod tumani 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi
“Eng faol kitobxon o‘quvchi” tanlovi
1-o‘rin Bag»dod tumani 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Roziqova Nigoraxon Jahongir qizi
2-o‘rin Buvayda tumani 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Mahamatahatova Mo‘minaxon Sherali qizi
3-o‘rin Oltiariq tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Abdullayeva Muhtasarxon Abdulxakim qizi
“Ijodkor bolalar” tanlovi
1-o‘rin Farg‘ona shahar 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Hoshimova Farzonaxon Ilxom qizi
2-o‘rin Buvayda tumani 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi G’ulomova Mavludaxon Sobirjon qizi
3-o‘rin So‘x tumani 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Asqaralieva Farzonaxon Raufjon qizi
“Eng faol kutubxonachi” tanlovi
1-o‘rin Furqat tumani 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisi Malikova Dildoraxon Muzaxparovna
2-o‘rin Marg‘ilon shahar 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisi Olimova Maftunaxon Maxamadali qizi
3-o‘rin Qo‘qon shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisi Yusupova Nigora Gulyamovna
“Yosh kiberhimoyachi” tanlovi
1-o‘rin Buvayda tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Abdusalomova Muhlisaxon Munavvarjon qizi
2-o‘rin Qo‘shtepa tumani 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Ahmadjonov Zuxriddin Baxtiyor o‘g‘li
3-o‘rin Yozyovon tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Abdurahmonov Jo‘rabek Alisher o‘g‘li
Festivalning besh yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat bosqichida 145 nafardan ortiq o‘quvchilar qamrab olinib,
5 nafar 1 o‘rin;
5 nafar 2 o‘rin;
5 nafar 3 o‘rin jami 15 nafar ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Festival doirasida tashkil etilgan mazkur ko‘rik-tanlov bahs-munozaralarga boy bo‘lib, qatnashchilarga ilhom bag‘ishladi va kitobxonlarga yana bir yangi tajriba maktabi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
G‘olib bo‘lgan o‘quvchilar joriy yilning 29-iyul kuni Qo‘qon shahar “Yoshlar bog‘i”da bo‘lib o‘tadigan “Kitobxonlik festivali”da diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
“Kitobxonlik va Kibersavodxonlik” festivalining taqdirlash marosimi 29 iyul kuni Qo‘qon shahar “Yoshlar hiyoboni”da tashkil etildi. G‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandilar. Jumladan,
1-o‘rin muzlatgich;
2-o‘rin televizor;
3-o‘rin kir yuvish mashinasi hamda (statuetka) va diplomlar bilan rag‘batlantirildi.