“Ezgulikka yetaklar ertaklar”
Joriy yilning 20-noyabr kuni viloyat bolalar kutubxonasi “Ma’lumot va bibliografiya sho‘basi tomonidan 7-umuta’lim maktabining 3 va 4 -sinflardan 20 nafar o‘quvchilariga “Ezgulikka yetaklar ertaklar” nomli kutubxonashunoslik darsi o‘tildi. Darsning maqsadi bolalarni kitobga bo‘lgan mehrini, kutubxonaga bo‘lgan qiziqishlarini kengaytirish va kitob mutolaasi ko‘nikmasiga o‘rgatish bo‘lib, shu maqsadda ertaklarning turli janrlari haqida bolalarga tushuncha berildi. Tadbir so’ngida tadbirda ishtirok etgan barcha o’quvchilar kutubxonaga a’zo bo’ldilar
